Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazida ilk trening mashg'ulotlari yo'lga qo'yildi

Bugun, 7-fevral kuni Agentlik qoshida tashkil etilgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining  ilk trening mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Unda Agentlik tasarrufidagi maktablar, shuningdek Xalq ta'limi tizimidag ixtisoslashtirilgan maktablardan jami 120 nafar o'qituvchi ishtirok etdi. 

Kun avvalida ishtirokchilar uchun trening mashg'ulotlari bilan tanishtiruv va o'zaro interaktiv amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi. Shundan so'ng, sho'balarga bo'lingan holda "Zamonaviy ta'lim nazariyalari: bixeviorizm, kognetivizm, ijtimoiy konstruktivizm" hamda "Singapur metodikalarini darslarda qo'llash ko'nikmasi" mavzulari bo'yicha trening mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.

Darslar so'nggida, Agentlik bosh mutaxassisi tomonidan ishtirokchilar uchun amaliy mashg'ulotlar o'tildi.

Eslatib o'tamiz, trening mashg'ulotlari 12-fevralga qadar davom etadi.