Ijod maktabida she'riyat kechasi

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zafar Isomiddin ishtirokida “Har bitta so‘z — bitta nihol” shiori ostida Anvar Obidjon ijodiga bag‘ishlangan she’riyat kechasi bo‘lib oʻtdi. 

Uchrashuvni maktab murabbiyi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O'ktamxon Soliyeva olib bordi. Insonni bolalar dunyosiga olib kira olgan ushbu ijodiy uchrashuv qizg‘in savol – javoblarga, o‘quvchilarning mushoiralariga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.