Ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliy mashg'ulotlar


Mirzo Ulug‘bek nomidagi astronomiya, fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida yoshlarning bilim olishiga keng sharoitlar yaratilgan. Malakali mutaxasislar bilan birgalikda Mirzo Ulug'bek maktabi o'quvchilari aniq fanlar yo'nalishida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritmoqdalar. O'quvchilar ustozlari yordamida astronomiya sohasida amaliy tajribalar ham o'tkazib turadilar.

Jumladan, joriy yilning 10-iyun sanasida Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fizika va astronomiya o'qituvchilari, Astronomiya instituti olimlari va Nizomiy nomidagi davlat pedagogik universiteti o'qituvchilari bilan birgalikda 16:58 da boshlangan maksimum fazasi (yani 7% qoplanishi) 17:26 da bo'lgan Quyosh tutilishi kuzatildi.