“Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

#qabul_2023 
#matbuot_anjumani

⚡️Bugun, 9-iyun kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

⏰  Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Shakirova, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Inom Xujamov hamda yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar ishtirok etdi. 

 Mazkur matbuot anjumanida:
🔹 Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2023-2024-o'quv yiliga hujjatlar qabuli;
🔹 Yangi o'quv yiliga tayyorgarliklar;
🔹 Talabgorlarning hujjatlaridagi o'zgarishlar; 
🔹 Call-markaz faoliyati; 
🔹 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish kabi savollarga batafsil javob berildi.