Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Ogahiy ijod maktabiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) direktori Hilola Umarova Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabiga tashrif buyurdi.

Shuni taʼkidlash lozimki, Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy nomidagi ijod maktabi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019-yilda tashkil etilgan. Ushbu maskanda hozirgi kunda 116 nafar oʻquvchi yoshlar tahsil olmoqda.

Hilola Umarova ijod maktabida olib borilayotgan ijobiy ishlar hamda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va oʻqituvchilar faoliyati bilan tanishdi.

Agentlik rahbari maktab maʼmuriyati bilan suhbatlashdi va ularning muammolari hamda takliflarini oʻrgandi.

Shu bilan birgalikda oʻquvchi yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻrgatish, ijod maktabida media markaz tashkil qilish, maktabda ijodiy yoʻnalishlarni kengaytirish boʻyicha oʻz takliflarini berdi. Maktabda taʼlim va tarbiya sifatini yana-da yuqori bosqichga koʻtarish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.