Prezident maktabi endi Jizzaxda

Bugun, 12-noyabr kuni, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabining ochilish tadbiri bo'lib o'tdi. 

Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, o'quvchi yoshlarni yangi o'quv yili bilan tabrikladi. 

- Eng buyuk sayohatlar ham aslida birinchi qadamdan boshlangan. Bugun siz, qalbida shijoat jo'sh urib turgan yoshlar nigohida men ertangi O'zbekistonni - porloq kelajagimizni ko'raman. Ishonamanki, siz mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo'shib, bildirilgan ishonchni albatta oqlaysiz. Omad va zafarlar yor bo'lsin!

Tadbirda, shuningdek Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Ochilish tadbiridan o'rin olgan  badiiy chiqishlar yig'ilganlar tomonidan iliq kutib olindi.