Prezident maktabida uchrashuv

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti,  O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi mas’ul xodimlari hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti mutaxassislari  Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

Uchrashuv davomida "So‘z xiyoboni” va 5 tomlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitoblarining  taqdimoti bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi vakili tashkilot faoliyati haqida yig'ilganlarga ma'lumot berdi.

Uchrashuv so'ngida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.