Prezident maktabining bitiruvchilari Qonunchilik palatasida

Prezident bitiruvchilarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrifi buyurishdi. Parlament quyi palatasi deputatlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati bitiruvchilar uchun alohida ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuv doirasida Qonunchilik palatasi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari xususida ham so‘z yuritildi. O‘quvchilarga Parlament quyi palatasida tuzilgan Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya a'zolari tanishtirilib, ular ishtirokida savol-javoblar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida bitiruvchilar Qonunchilik palatasining majlislar zali, parlament kutubxonasi hamda muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.