Prezident maktabining ilk bitiruvchilari uchun tashkil etilgan tadbir va uchrashuvlar davom etmoqda

Prezident maktabining ilk “qaldirg'ochlari” uchun tashkil etilgan maxsus tadbir va uchrashuvlar davom etmoqda.

Jumladan, bugun  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida  Prezident maktablari bitiruvchilari uchun  Agentlik direktori Hilola Umarova, germaniyalik kimyogar va akademik boshqaruv bo‘yicha mutaxassis Wolfgang Anton Herrmann  hamda Myunxen texnika universiteti ijrochi direktori Friederike Hettinger ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Sizning eng katta yutug‘ingiz bu eng avvalo O‘zbekistonning fuqarosi ekanligingizda! O‘zbekistonning  ta’lim tizimida olib borilayotgan o‘ziga xosligi ko'plab iqtidorli o‘quvchilarni yetishib chiqishiga asos bo'ladi, deya ta'kidladi Wolfgang Anton Herrmann.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan xorijiy mehmonlarga murojaat qilishdi. Mazkur uchrashuv o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi, ularni ruhlantirdi. Bu katta hayotga mustaqil qadam bosishlari uchun ham alohida ahamiyatga ega.