PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO'LIB O'TMOQDA

#imtihon_2023
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO'LIB O'TMOQDA

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
➖matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

✅ Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilinmoqda. 

 (https://t.me/piimauz/11350)✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

✨ Imtihonda ishtirok etayotgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!