PREZIDENT MAKTABLARIDA A-LEVEL MOCK IMTIHONLARI BO'LIB O‘TMOQDA

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro A-level mock imtihonlariga start berildi. 

Imtihonlar Cambridge Assessmant International Education akkreditatsiyasidan o'tgan 4 ta - Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonlar Agentlik mas'ullari nazoratida tashkil etilgan. 

Xalqaro A-level mock imtihonlarini tashkil etishdan asosiy maqsad:

– o'quvchilarni may-iyun oyida bo‘lib o'tadigan A-level imtihonlariga tayyorlash hamda
– ularning xalqaro ta'lim dasturlarini o'zlashtirish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichini sinovdan o'tkazish hisoblanadi. 

Imtihonlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan tanlov fanlari - kompyuter ta'limi, biologiya, matematika, fizika va kimyo fanlaridan bo‘lib o‘tmoqda.