Prezident maktablarida xalqaro A va AS level imtihonlari yana bir bora o‘tkazilayotgani Kembrij uchun judayam quvonarli holat

Steve King, 
Cambridge Assessment International Education tashkilotining Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi

- Avvalo, Prezident maktablarida xalqaro A va AS level imtihonlari yana bir bora o‘tkazilayotgani Kembrij uchun judayam quvonarli holat.

Biz O‘zbekistonning barcha 14 ta hududidagi A/AS level sertifikatlarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan nomzodlar uchun imtihonlar tashkil qilamiz. Nomzodlar matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter texnologiyalari fanlaridan imtihon topshirishlari mumkin. O‘quvchilar bunda imtihon fanlarini o‘zlarini tanlaydilar.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi O‘zbekistondagi barcha nomzodlarga, ularning yoshi va tahsil olayotgan maktabidan qat’iy nazar A level imtihonlarini topshirish imkoniyatini taqdim etmoqda. 

Bu sertifikat butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalarida ham tan olinadi. 

A level imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati 2023-yilning yanvar oyida o‘z nihoyasiga yetadi. Bu borada barcha kerakli batafsil ma’lumot Agentlik tomonidan tez orada e’lon qilinadi. 

Yana shuni ta’kidlashim kerakki, Kembrij Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan bu kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirayotganidan faxrlanamiz. 

Umid qilamizki, o‘quvchilar 2023-yilda va undan keyin bo‘lib o‘tadigan A level imtihonlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritadilar.
_______
❗️Ma’lumot uchun, A/AS level imtihonlari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladi.