Prezident maktablarining direktorlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan bir kunlik seminar-trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik mas’ul xodimlari tinglovchilarga Prezident maktablarining maqsad va vazifalari, xodimlarni boshqarish tizimi, jamoada ishlash, moliyaviy yo‘nalishga doir masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Interaktiv mashg’ulotlar yordamida qatnashchilar o’z bilimlarini mustahkamlashdi. 

Trening so‘ngida Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova va maktab direktorlari davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida maktab direktorlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.