Prezident maktablarining ilk bitiruvchilariga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi


Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi Prezident maktablarining ilk bitiruvchilariga bag'ishlab o'tkazilgan "Yangi O'zbekiston qanotlarimiz, nurli kelajakka parvoz etamiz"  nomli  bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bitiruvchilarga attestatlarni Agentlik rahbari Hilola Umarova va Cambridge Assessment tashkilotining ta’lim yo’nalishi bo’yicha bosh maslahatchisi Stiv King topshirdi. 

Tadbirda O’zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, Oʻzbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, O’zbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Jenisbek Piyazov, baxshi Dilmurod Gulmurodov va boshqalar ishtirok etib, oʻz chiqishlari bilan tadbirga oʻzgacha ruh bag’ishladilar.