Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

#prezident_maktablari 
#seminar

⚡️Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

📆 24-26-avgust kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari, maxsus fanlar hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o’z ishini boshladi. 

✅ Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish,  yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, tayanch o‘quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishdir.