Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida to‘xtaldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida to‘xtaldi.

 (https://t.me/Press_Secretary_Uz/3350)

Kelgusi yilda Investisiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga 3 trillion so‘m ajratiladi. Buning hisobiga 150 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Bunda asosiy e’tiborni 2 koeffisiyentdan yuqori quvvatda ishlayotgan 595 ta maktabni kengaytirishga qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan 61 ta kollej binosi o‘rnida maktablar tashkil qilinadi. Bu ham qo‘shimcha 42 ming o‘quvchi o‘rni, degani.

Xususiy sheriklik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o‘quvchi o‘rni) maktabni barpo etish ishlari boshlanadi.

Xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratish orqali yiliga kamida 25 ming o‘quvchi o‘rni tashkil qilinadi. Buning uchun tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi byudjetdan qoplab beriladi.

Yangi maktab qurish uchun yer maydonlari faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.

Umuman, bu ishlar orqali kelgusi yilning o‘zida 250 ming yoki o‘tgan yilga nisbatan 2 karra ko‘p o‘quvchi o‘rni yaratiladi.