Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida 2022-yil davomida Agentlik va tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida 2022-yil davomida Agentlik va tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda hududiy bo'limlar rahbarlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi. 

Yig‘ilish davomida 2022-yil davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

Unda shuningdek ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘tkazilgan choraklik summativ baholash natijalari, 1-2-choraklarda erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.