Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Guliston shahridagi Prezident maktabida hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida bo'ldi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Guliston shahridagi Prezident maktabida hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida bo‘ldi.

Agentlik rahbari  maktablar o‘quv-tarbiya faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar, tashkil etilgan to‘garaklar, maktablar ma‘muriyati, shuningdek, Prezident maktabi bilan viloyatdagi tashkil etilgan yangi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻrtasida tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida e'tibor qaratdi:

- Bitiruvchi o‘quvchilar maqsadni aniq qo'yib, o‘z qiziqishi yo'nalishida kasb tanlashi maqsadga muvofiq. Yoshlikdan qilingan harakat, o'z ustida tinimsiz ishlash kelajakda albatta, o‘zining ijobiy samarasini beradi. Men har biringizga bu yo‘lda ulkan muvaffaqiyat tilayman.

Shuningdek, Hilola Umarova Prezident va ijod maktablari bitiruvchi-yoshlari bilan suhbatlashib, ularning kelajak maqsadlari borasidagi fikrlariga quloq tutdi va o‘z maslahatlarini berdi.