Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Nukus shahridagi Prezident maktabida bo'ldi va Qoraqalpog'istonda yangi tashkil etilgan ixtisoslashgan maktablarning direktorlari bilan uchrashdi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Nukus shahridagi Prezident maktabida bo'ldi va Qoraqalpog'istonda yangi tashkil etilgan ixtisoslashgan maktablarning direktorlari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot davomida Agentlik rahbari maktab direktorlariga masʼuliyatli vazifalarini sharaf bilan uddalashlarida omad tilagan holda kelgusidagi ishlar yuzasidan fikrlar almashdi va o'z takliflarini bildirib o'tdi. 

❗️Shundan so'ng, Hilola Umarova Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining tashkil etilganligiga 5 yil to'lishi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida yangidan qurilib foydalanishga topshirilgan o'quvchilar yotoqxonasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Agentlik direktori o'quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelgusi o'qishlarida omad tiladi.