Agentlik direktori Hilola Umarova O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov  bilan uchrashdi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov  bilan uchrashdi.

Unda Agentlik va elchixona o‘rtasidagi o'zaro hamkorlik natijasida bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muhsinxo'ja Abdurahmonov, shuningdek Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilarining “Sakura Science High School Program” dasturida ishtiroki yuzasidan Yaponiya tomoni ijobiy fikr bildirganligini alohida ta'kidlab o‘tdi.