PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HUZURIDAGI ILMIY-METODIK KENGASH YIG‘ILISHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HUZURIDAGI ILMIY-METODIK KENGASH YIG‘ILISHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan 5-sinf Matematika, 8-9-sinf Adabiyot darsliklari, tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun agrotexnologiya, aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun robototexnika bo‘yicha ishlab chiqilgan elektiv kurs dasturlari olimlar va amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan muhokama etildi.

Bundan tashqari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun tayyorlangan metodik qo‘llanma, o‘qituvchilar uchun zamonaviy ta'lim texnologiyaoari bo‘yicha ishlab chiqilgan malaka oshirish kurs dasturlari ko‘rib chiqildi.

A.Siddiqov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori: “Matematika darsligida o‘quvchilarning olingan bilimni turli xil  vaziyatlarda qo‘llash,  masalani chuqur tahlil qilish, tadqiq qilish, muammoni hal etish  ko‘nikmalarini rivojlantirishga urg‘u berilganligi juda ham yaxshi. Kelgusida darslikda matematikaga oid atamalarning izohli lug‘atini ham keltirishni tavsiya etaman”. 

U.Jo‘raqulov, filologiya fanlari doktori, professor: “Adabiyot darslikning eng katta yutuqlaridan biri -  bu  so‘z san’atining boshqa san'at talqinlari bilan ham solishtirilishi, o‘quvchilarda kompleks ijodkorlikni tarbiyalashga xizmat qilishidadir. Biroq, Alisher Navoiy g‘azallari o‘rganilayotganda o‘quvchiga qaysi g‘azalni yod olishi lozimligi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni kiritish lozim”

O.Rahimov, pedagogika fanlari doktori: “Agrotexnologiya elektiv kursi o‘quvchilarni yoshligidan mehnatsevarlikka, tadbirkorlikka, qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqishini oshiradi.  Dasturda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda vertikal dexqonchilik, gidroponika, aeroponika, urban dexqonchilik kabi eng zamonaviy uslublar bo‘yicha ham o‘quvchilarda bilim va  ko‘nikmalarni shakllantirish nazarda tutilganligini juda ham yaxshi baholayman.

L.Kuchkarova, biologiya fanlari doktori professor: “Bugun muhokama etilgan agrotexnologiya, robototexnika va sun’iy intellekt bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlar nafaqat Agentlik tizimidagi maktablarda, balki mamlakatimizdagi boshqa maktablarda ham joriy etilishini xohlar edim”

 A.Senetullaev, Yangi O‘zbekiston Universitetining professori: “Robototexnika va sun’iy intellekt bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturdagi ayrim juz'iy kamchiliklarni bartaraf etish lozim. Umuman olganda dastur aynan 21 asr o‘quvchilari uchun  juda mos”