Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo‘ldi

Agentlik direktori 8-sinflar o‘rtasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomi munosabati bilan maktabda tashkil qilingan sport musobaqasida g‘olib deb topilgan 8 "Blue" sinf o‘quvchilariga medal va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek, Hilola Umarova maktab o‘quvchisi Shabnam Mamatqulovani “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

Agentlik rahbari “El-yurt umidi” jamg‘armasidan grant yutib, Rossiya Federatsiyada 2 oy malaka oshirib kelgan kimyo fani o'qituvchisi Sarvinoz Mirzayevaga ham diplomni tantanali topshirdi.

Uchrashuv davomida “Oltin fond” nomli maktab jurnalining 2-soni taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv o‘quvchilar bilan savol-javob va ochiq muloqot tarzida yakunlandi.