Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalarida o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalarida o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Dastur va belgilangan rejaga muvofiq, aktyorlik mahorati, dizayn, raqamli media va etnodizayn darslarida ijod maktabi o‘quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o‘quvchilariga malakali mutaxassislar, surdotarjimonlar ishtirokida saboq berilmoqda. 

Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan to‘garaklar faoliyati ham izchil davom etmoqda. O‘quvchilar to‘garak mashg‘ulotlari davomida yana-da yangi bilimlarni o‘zlashtirishmoqda.