Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

 Sirdaryo viloyati bo'ylab o'tkazilayotgan "Ma'naviyat festivali" doirasida Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabiga bir guruh ijodkorlar va san'atkorlar tashrif buyurishdi. Jumladan, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, shoir G'ayrat Majid, siyosatshunos Jamila Shermuhammedova va bir guruh san'atkorlar shular jumlasidandir.

Dastavval, ijodkorlar va maktab o'quvchilari hurmat bajo keltirgan holda  buyuk shoira Halima Xudoyberdiyeva haykali poyiga gul qo'yishdi. 

📚Tadbir davomida ijod maktabi kutubxonasi uchun  "Kitoblar karvoni-ma'naviyat karvoni" shiori ostidagi to'plamlar taqdim etildi. 
Tadbirda so'zga chiqqanlar kitoblarning yoshlar hayotidagi ahamiyati hamda Ona tilimiz jozibadorligi va taraqqiyoti haqida fikr yuritishdi.