Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi I.Yusupov nomidagi ijod maktabida "Ochiq eshiklar" tashkil etildi

 I.Yusupov nomidagi ijod maktabida 7- va 9-sinflarga qabul qilingan oʻquvchilar va ularning ota-onalari shuningdek, OAV vakillari ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtdi.

🔸Unda maktab direktori R.Tashimov yangi oʻquv yilida maktabga qabul qilingan oʻquvchilar va ularning ota-onalarini tabrikladi.

✨Shuningdek, maktabda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirilib, oʻquv-tarbiya jarayoni, odob-axloq qoidalari haqida tushunchalar berildi.

📌Ota-onalar va OAV tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.