Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatida choraklik summativ baholash sinovlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari agentligining 2022 yil 19 oktyabrdagi №117-AF sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ixtisoslik fanlaridan chorak bo‘yicha summativ baholash (ChSB) sinovlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu imtihon agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda ixtisoslik fanlaridan chorak yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 

ChSB yilda mavjud bo‘lgan chorak miqdorida qo‘yiladi. Ya'ni o‘quvchi yilda 4 marotaba yoki ba'zi (haftada 1 marotaba o‘tiladigan) fanlar kesimida yilda 2 marta topshiradi. ChSB bir o‘quv yili davomida 40 balldan  iborat bo‘ladi. 

Aytib o‘tish kerakki, o‘quvchining ChSB dagi bali platforma orqali ko‘rsatiladi. Yana bir afzalligi, ota-onalar tomonidan o‘qituvchiga bildiriladigan salbiy e'tirozlarga o‘rin qolmaydi. O‘quv yili boshlanishidan avval barcha ota-onalarga mazkur tizim va uning afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berib o‘tganmiz. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Bola har bir darsga tayyorgarlik ko‘rsa-yu, unga o‘qutuvchi tomonidan motivasiya bo‘lmasa? Yoki aytaylik, o‘quvchi dars davomida baholanib borilmasa, ota-ona farzandining bilim saviyasi qay darajada ekanligini qanday bilishi mumkin? Maktabda elektron jurnal yuritiladi. Unda mavzu yuzasidan ma'lumot va taqdimotlar, dars jadvali joylashtirib boriladi. Har bir o‘quvchi uchun login-parol beriladi. Darsda faol qatnashgan o‘quvchi uchun A, B, K darajadagi fidbek beriladi. Bularning barchasi ota-ona uchun farzandining darslardagi faolligidan xabardor bo‘lishi, o‘quvchini esa yanada faolroq bo‘lishga undaydi.