PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI O'QITUVCHILAR BUYUK BRITANIYADA MALAKA OSHIRISHMOQDA

Ayni damda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘qituvchilar delegatsiyasi Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida bo‘lib turishibdi.

Mazkur delegatsiya tarkibida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 nafar ingliz tili o‘qituvchisi ishtirok etmoqda.

Dastur doirasida ishtirokchilar uchun Nottingham Trent universiteti tomonidan universitet va maktablarga tashrif hamda malaka oshirish darslari rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Agentlik va Nottingham Trent universiteti o‘rtasida yo'lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida joriy yilning mart oyida ingliz tili o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tgan edi. 

Trening 3 kun offlayn, 8 hafta onlayn vebinar tarzida davom etdi. Ayni damda Buyuk Britaniyada malaka oshirayotgan 9 nafar o‘qituvchi ushbu vebinarlarda faol ishtirok etgan va yakuniy esselar tanlovi natijalariga ko‘ra saralab olindi.