Shayxontoxur tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga qabul qilingan o'quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontoxur tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish bolib otdi.

Unda mazkur maktabdagi o‘qitish tizimi, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilar amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalar batafsil tushuntirildi.

Ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javob olishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ixtisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni asosida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan.