Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun IB dasturi yuzasidan seminar-treninglarga start berildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad IB dasturi, uning afzalliklari hamda dasturda ko‘zda tutilgan yo‘nalishlar haqida ma’lumot berishdan iborat. 

❗️Ma’lumot uchun, Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar IB dasturini joriy qilishning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, ushbu treninglarda IB haqida batafsil ma’lumot berish ko‘zda tutilgan. 

📍Mazkur seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbariyati va barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Ma'lumot uchun, IB - Xalqaro bakalavriat tashkiloti nodavlat ta’lim tashkiloti hisoblanib, shtab-kvartirasi Jeneva shahrida joylashgan.