Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinflari uchun MATEMATIKA darsligi yaratildi

Ushbu darslikda:

o‘quvchilarning olingan bilimni turli xil  vaziyatlarda qo‘llash,  masalani chuqur tahlil qilish, tadqiq qilish, muammoni hal etish  ko‘nikmalarini rivojlantirishga urg‘u berilgan;
muammoli hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ulushi oshirildi,  loyiha ishlari, summativ baholash namunalari berildi.

Darslikda  matnli masalalar guruhlarga ajratildi, jumladan: 

Ishga oid masalalar;
Mantiqiy masalalar;
Iqtisodiy mazmundagi masalalar;
Harakatga oid masalalar;
Quyish va tortishga doir  masalalar.

Masalalar mazmuniga mos ravishda chizilgan rasm va  chizmalar mavzuni chuqurroq anglashga, masalalarni idrok qilib ishlashga yordam beradi.