Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Times Higher Education reyting agentligi bilan hamkorlikda seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Times Higher Education reyting agentligi bilan hamkorlikda seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

Seminarni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi: 

 – Taʼlim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn "blended learning", "flipped classroom" texnologiyalarini amalga joriy etish kerak. "Elektron universitet" platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish birinchi navbatdagi ahamiyat kasb etadi. 

Seminar davomida Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning ko‘rgazmalari hamtashkil etildi. 

Seminar gibrid shaklida bo‘lib o’tib, unda oliy taʼlim muassasalarining reytinglar bilan ishlashga masʼullari ishtirok etishdi.

Maʼlumot o‘rnida, mazkur seminarlar Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O‘zbekiston universitetida bo‘lib o‘tdi.