Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha tadqiqot sinovlari tashkil etilmoqda. 

Mazkur tadqiqotlar “O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan. 

Unda Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident va ijod maktablarining trenerlikka salohiyati bor 64 nafar o'qituvchisi  ishtirok etmoqda.

Mazkur tadqiqot ishlari so'nggi 2 yilda COVID-19 bilan bog'liq vaziyat sababli ta'lim va o'qitish tizimida ro'y bergan o'zgarishlar, pedagog-kadrlarning kasbiy rivojlanishdagi ehtiyojlari va muammolarni o'rganishga qaratilgan.