PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI VA "O'ZBEKSNEFTGAZ" AJ O'RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Bugun Agentlik  rahbariyati va "Yangi O'zbekiston" professor-o'qituvchilari va talabalarining "Uzbekistan GTL" zavodiga tashrifi doirasida Agentlik va “O‘zbekneftgaz” AJ o'rtasida ta'lim va ilmiy-tadqiqot sohasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Agentlik rahbari mazkur memorandum ahamiyatini alohida e'tirof etdi:

- Bugun bu yerda universitetimizning eng iqtidorli o‘quvchilari yig‘ilgan. Hozir ularning ko'nglidan kelajakda shu yerda malaka oshirish, ishlash istagi o'tayotganiga aminman. Istiqbolda ham hamkorlikni davom ettirish orqali biz yoshlаrimizning amaliy bilimlarini oshirishga yordam beramiz. Ishonamanki, talabalarimiz "Uzbekistan GTL" dan katta taasurot bilan qaytishadi.

Memorandumni Agentlik rahbari Hilola Umarova va "O'zbekneftgaz" AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev imzolashdi.