Prezident ta'lim muassasalari agentligida taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish togrisida gi Farmoni va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori orinbosarlarini lavozimga tayinlash haqidagi qarori yuzasidan taqdimot tadbiri bolib otdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabar Abduvaxitov ishtirok etdi:

- Iqtisodiy rivojlanish va farovonlik sifatli ta'lim asosida bo‘ladi. Prezident ta'lim muassasalari agentligining kengayishi, tarkibiga yangi maktablarning o'tishi ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman - katta maqsadlarga erishish uchun kuchli jamoa shart. Davlatimiz rahbari ham kadrlar siyosatiga alohida e'tibor qaratmoqdalar. Zero, jamoasi o‘z ishining ustasi bo'lgan tashkilotgina katta marralarni bemalol zabt etishi mumkin.

Shundan so'ng Abdujabar Abduvaxitov Vazirlar Mahkamasining Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlash to'g'risidagi qarorini o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Qarorga ko‘ra Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Dilshod Kenjayev va direktor o‘rinbosari Alisher Ubbiyevni bildirilgan ishonch bilan samimiy tabrikladi.

Agentlik rahbari Hilola Umarova:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” gi Farmoni bu birinchi navbatda bizga bildirilgan ulkan ishonchdir. Bu ishonchni oqlash yo‘lida men jamoamizga - sizlarga suyanaman. Umid qilamanki, hammamiz bir tanu bir jon bo‘lib Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni a'lo darajada amalga oshiramiz. Bu yo‘lda barchangizga zafar va muvaffaqiyat yor bo‘lsin!