PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGIDAN IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN IMKONIYAT!

Iste’dodli va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar diqqatiga! 

– Siz xorijiy mutaxassislar bilan ishlashni
– Mutaxassislarining  rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan, yuksak maqsadlarni ko‘zlagan, iqtidorli jamoada ish o‘rganishni istaysizmi? 

Unda Sizni Agentligimizda kutamiz!

Аgentlik markaziy apparatida amaliyot o‘tash uchun siz joriy yilning 25-oktabridan 25-dekabrga qadar ushbu havola orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Sizdan:
– O‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
– ingliz va rus tillarini bilish;
– ijodkorlik;
– jamoada ishlash qobiliyati;
– kompyuterda erkin ishlay olish;
– va albatta mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik talab etiladi.

Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga Agentlik tomonidan sertifikat beriladi va Prezident ta’lim muassasalari agentligiga suhbat asosida ishga qabul qilinadi. 

Amaliyot 12 oy davom etadi.