PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING BIR QATOR XODIMLARI "O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI" ESDALIK NISHONLARI BILAN TAQDIRLANISHDI

Bugun Agentlik direktori Hilola Umarova tomonidan 4 nafar xodimga "O‘zbekiston konstisusiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni topshirildi. 

Tadbir avvalida Agentlik direktori Hilola Umarova barchani Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, o'zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Shundan so‘ng Prezident ta'lim muassasalari agentligining:

Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi - E’zozxon Karimova,

Yuridik bo‘lim boshlig‘i - Jamshid Shamshiyev,

Tashkiliy nazorat va mirojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i - Xasan Usmonov,

Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i - Zamira Tog‘ayeva taqdirlanishdi. 

Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!