Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Jizzax viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarni o’rganish jarayonida Jizzax shahridagi Prezident maktabida bo’ldi

O’quvchilar bilan uchrashuvda Agentlik rahbari ularning fikrlariga quloq tutib, kelgusidagi ishlarida omad tiladi. 

Shuningdek, Hilola Umarova shu kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchilari bilan uchrashdi.

Unda  ijod maktabi o'quvchilari tomonidan yaratilgan "Kimyo fani" hamda "Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi" mobil ilovalarining taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

Uchrashuv qizg’in savol-javoblarga boy bo’ldi.