Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Sirdaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarni o‘rganish jarayonida Guliston shahridagi Prezident maktabi va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida bo‘ldi

Agentlik direktori Hilola Umarova iqtidorli o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan IT hamda taʼlimiy va ijodiy yo‘nalishlardagi bir qator loyihalarni qabul qildi. 

Tadbir davomida agentlik rahbari yutuqlarga erishgan bir qator o‘quvchilarni tabrikladi va aniq fanlar oyligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Zakovat” o‘yinining navbatdagi taqdirlash marosimini  boshlab berdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi yosh jurnalistlari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Smart kids” loyihasi faollari agentlik rahbarini studiyaga taklif etishdi.

Shundan so‘ng, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida rassomchilik, zargarlik, amaliy hunarmandchilik, musiqa va raqs to‘garagi faoliyati namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.