Prezident taʼlim muassasalari agentligi olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 2-mart kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarida STEAM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichiga start berildi.

Olimpiadada soat 10:00 - 12:00 gacha quyidagi fanlardan belgilangan tartibda yozma ish bosqichi bo‘lib o‘tmoqda:

Toshkent shahrida:

- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda - kimyo, biologiya fanlaridan 8-, 10-sinflarga (yozma),

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda - Fizika fanidan 8-, 10-sinflarga (yozma);

Hududlardagi Prezident maktablarida:

- Matematika 5-11-sinflarga hamda Science fanidan 5-7-sinflarga (yozma).

Olimpiadaning Agentlik bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi yoshlarni noutbuk, televizor va planshet kabi qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.