Prezident taʼlim muassasalari agentligi olimpiadasi davom etmoqda

Bugun, 3-mart kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarida STEAM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi davom etmoqda.

Toshkent shahrida:

 Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kimyo, biologiya fanlaridan 8, 10-sinflarda soat 10:00 da test, 9, 11-sinflarda soat 14:00 da test.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda fizika fanidan 8, 10-sinflarda soat 10:00 da test, 9, 11-sinflarda soat 14:00 da test.

Ibn sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda matematika fanidan 9-11-sinflarda soat 14:00 da yozma ish.

Prezident maktabida informatika fanidan 5-7 sinflarda soat 14:00 da masala ishlash.

Hududlardagi Prezident maktablarida:

Fizika fanidan 8-11-sinflarda soat 09:00 da yozma ish.

Informatika fanidan 5-7 sinflarda soat 14:00 da masala ishlash.