Prezident ta'lim muassasalari agentligi sport targʻibotchisi "Chimgan challenge-2022" gʻolibi bo'ldi

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan “Chimgan challenge-2022” qishki ekstremal, milliy va ommaviy sport turlari boʻyicha davlat tashkilotlari sport targʻibotchilari oʻrtasida xalqaro festival oʻtkazildi. 
Ushbu xalqaro tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi sport targʻibotchisi Shohruh Safarov sportning futbol turi bo‘yicha 1-oʻrinni egalladi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Sh. Safarovni muborakbod etadi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.