Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari uchun bolalar oromgohi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 09.02.2022 yildagi “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi bolalar oromgohi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 65-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga asosan “Oʻzmetkombinat” AJning Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Yoshlik” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi Prezident ta’lim muassasalari agentligi  tasarrufiga begʻaraz oʻtkazilgan. Kelgusi 10 yil davomida oromgohni saqlash bilan bogʻliq хarajatlar “Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ajratiladigan homiylik хayriyalari hisobidan qoplanadi. “Yoshlik” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi negizida “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi tashkil etiladi.

Quyidagilar Oromgoh faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

- bolalarni sog’lomlashtirish, ularning yosh xususiyatidan kelib chiqqan holda sog’lom turmush tarziga o’rgatish, jismony tayyorgarlik darajasini oshirish;
- yoshlarning IT, STEAM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika), biznes boshqaruvi, ijod sohalaridagi iqtidorini rivojlantirish;
- yoshlarni kasb-xunarga yo’naltirish, tadbirkorlikka o’rgatish, yosh olimlarni qo’llabb-quvvatlash, ularning kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ustoz-shogird an’analaridan keng foydalanish;
- yoshlarni, shu jumladan imkoniyati cheklangan yoshlarni qo’llab-quvvatlash, startap loyihalari va o’z ustida ishlashlariga munosib shart-sharoit yaratish hamda amaliyotga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
- iqtidorli yoshlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ular bilan tizimli ishlash mexanizmlarini joriy etish;
- o’quvchilarni xalqaro fan olimpiadalari va tanlovlarga samarali hamda intensiv tarzda tayyorlash;
- Oromgoh bazasida Agentlik tizimidagi rahbar va pedagog kadrlarning qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, metodologik amaliyoti, xalqaro ekspertlar ishtirokida mahorat darslarini, mahalliy va xalqaro festivallar, anjumanlar, seminar, konferensiya, forumlar va boshqa tadbirlar o’tkazishni tashkil etish;
- Agentlik tomonidan belgilangan o’quv dasturlari asosida dars va darsdan tashqari mashg’ulotlar, individual ishlash dasturlarini shakllantirish hamda takomillashtirish;
- innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda oliy ta’lim va kasbga yo’naltirish bo’yicha yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslarini tashkil etish.

Oromgoh yil davomida faoliyat yuritadi, unda iqtidorli bolalar dam oladi va oʻqitiladi.
Quyidagilar Oromgoh faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
- “Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ajratiladigan homiylik хayriyalari;
- Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari;
- startap loyihalarni va хizmatlarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
- yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
- хalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari.