Prezident taʼlim muassasalari agentligi va Britaniya Kengashining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbarlari uchrashishdi 

Bugun Prezident taʼlim muassasalari Agentligi direktori Hilola Umarova va Britaniya Kengashining (British Council) Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Deniz Voddingxem bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuv avvalida mehmonlarga Agentlik tasarrufidagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “kampus-tur” tashkil etildi. Mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayonini va yaratilgan sharoitlarni yuqori baholashdi.

Shu bilan birga Agentlik faoliyati va uning tizimidagi taʼlim muassasalari haqida qisqacha taqdimot qilindi.

D.Voddingxem Britaniya Kengashi va Agentlik o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish mumkin bo‘lgan sohalarni o‘rganib chiqishini va  istiqboldagi qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish rejasini bildirdi.