Prezident taʼlim muassasalari agentligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan “Raqamli avlod” o‘quv-tadqiqot inklyuziv laboratoriyasi joriy etildi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan “Raqamli avlod” o‘quv-tadqiqot inklyuziv laboratoriyasi joriy etildi.

Mazkur laboratoriya doirasida ayni paytda metodologiya dasturlari ustida ish olib borilmoqda.

Hozirda Toshkent shahridagi 102- va 106- sonli eshitishi qobiliyati zaif bolalar maktab-internati o‘quvchilari uchun robototexnika va raqamli dizayn darslari tashkil etilgan va dars mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda. 

Tez kunlarda zamonaviy kasblarning boshqa turlari, jumladan media, grafik dizayn va SMM darslari ham yo'lga qo'yilishi  rejalashtirilgan.