Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Yangi O'zbekiston" universiteti hamda Massachusetts Institute of Technology  J-WELL rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi

 

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Yangi O'zbekiston" universiteti hamda Massachusetts Institute of Technology  J-WELL rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar:
hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari, 
 "Yangi O'zbekiston" universitetida ochilishi ko'zda tutilgan yangi yo'nalishlar uchun o'quv dasturlari ishlab chiqish borasida hamkorlikni amalga oshirish;
universitet talabalarining MIT Campusda qisqa muddatli amaliyotini tashkil etish va Research & Development markazlar bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv so'ngida, shuningdek MIT hamda  "Yangi O'zbekiston" universiteti professorlari o'rtasida o'zaro almashinuv loyihalarini yo'lga qo'yish bo'yicha fikr almashildi.