Prezident ta'lim muassasalari agentligida onlayn o'quv seminarlari davom etmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari,  psixologlar va tarbiyachi-pedagoglar uchun onlayn o‘quv seminarlarining 2-kuni nihoyasiga yetdi. 

Bugungi o'quv-seminarlarida Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi psixologlari Samira Rahimova, Gulbahor Yusupova, Yoqutoy O‘ktamovalar ishtirok etishdi. 

Trening doirasida o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga adaptatsiya jarayonlarini tashkil etish va stress holatiga tushib qolishining oldini olish kabi mavzularda ma'ruzalar hamda amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.

Shuningdek, maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning olib borilishi haqida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yoqutoy Jamalova va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sevara Shakirovaning taqdimotlari tinglandi.