Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova tashkilot faoliyati va Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari haqida ma'lumot berdi.

Uchrashuvda Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro forumi doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut va Nottingham Trent universitetlari bilan imzolangan memorandumlar doirasida: 

- o'quvchilar almashinuvi;
-  o'qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari;
-  Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari bilan birgalikda qo'shma tadqiqotlar olib borish kabi masalalarda hamkorlik qilish muhokama qilindi.