PREZIDENT UNIVERSITETIDA SAMSUNG ELECTRONICS VA HYUNDAI MOTORS BILAN HAMKORLIKDA QO'SHMA LABORATORIYA OCHILADI

 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universitetining yangi qurilayotgan o'quv binosida Janubiy Koreyaning Hyundai Motors va Samsung Electronics kompaniyalari bilan hamkorlikda qo'shma laboratoriya ochilishi kutilmoqda.

Mazkur laboratoriya Janubiy Koreyadan keltirilgan eng ilg'or va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Bu kabi laboratoriyalarni tashkil etish orqali O'zbekistonda sun'iy intellekt, elektromobillar, nano-materiallar, yarim-o'tkazgichlar kabi sohalarni  rivojlantirish, shuningdek, Prezident universitetini ushbu sohalarda lokomotivga aylantirish ko'zda tutilgan. 

Aytish mumkinki, yaratilayotgan bu imkoniyatlar talabalarning jahon standartlariga mos ravishda amaliyotga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.