Qarshi shahrida tashkil etilgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Qarshi shahrida tashkil etilgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Unda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, yig'ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Yurtimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamma sharoitlarga ega bunday maktablarning ochilishi Siz yoshlarga qaratilayotgan ulkan e'tibor natijasidir. Zero, biz sizlarning yorqin kelajagimiz bunyodkori bo'lishingizga ishonamiz, aziz yoshlar! Bu yo'lda sizni hamisha qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.

Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.

Ochilish marosimidan so'ng Agentlik rahbari maktab o'quvchilari bilan suhbatlashdi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. 

Shuningdek, bugun Agentlik rahbari Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib, o'quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi.