"Raqamli avlod-2022” inklyuziv IT oromgohi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan"Raqamli avlod-2022” inklyuziv IT oromgohi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi:

- "Raqamli avlod IT oromgohi" har yili axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni o‘zida qamrab oluvchi yaxshi an'anaga aylanib bormoqda. Yoshlarimiz bu oromgoh davomida ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda yangi do‘stlar ham orttirishmoqda.  Bu quvonarli holat, albatta. Mazkur oromgoh va darslarni o‘ziga xos taassurotlar bilan eslashingizga aminman.  Kelgusi faoliyatingizda ham zafar yor bo‘lsin! 

Tadbir doirasida, shuningdek o‘quvchilarning loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, trening ishtirokchilari va mentor-o‘qituvchilar sertifikat hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Ma'lumot uchun, mazkur inklyuziv IT oromgoh 25-avgustdan 30-avgustga qadar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar 8 yo‘nalish doirasida tajribali mentorlardan saboq olishdi.